1.  Og‘irlik o‘lchami katta, katta og‘irlikka ega; yengilning aksi, og‘ir.
                Vazmin tosh. Vazmin yuk.
                    ▬
                                        Yigitalining hovlisiga vazmin cho‘yan darvoza orqali kirilar, uning yonboshidagi kichik uychada cho‘qqisoqol qorovul o‘tirardi.
                        D. Nuriy, Osmon ustuni
                        
                        Vazminroq jangchi yo‘liqib qolsa, jang maydonidan olib chiqishda qiynalar edi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Bir maromda, og‘ir, ohista va salobatli (harakat, yurish-turish va shu kabilar haqida).
                
                                        Vohid Mirobidov olimlarga munosib did bilan bezatilgan keng, bahavo xonasida vazmin odimlab, yana uzoq yurdi.
                        O. Yoqubov, Diyonat
                        
                        Jiydalarning egilgan novdalari vazmin tebranadi.
                        Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
                        
                        Atrofdagi sahro tunining vazmin sukunati allamahal bo‘lib qolganini bildirardi.
                        A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
                        
            
            
                3.  Tabiatan bosiq; og‘ir.
                
                                        Bir qarashda vazmin, muloyim ko‘ringan bu juvon ancha sho‘x ekan.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        U [Mirjalil] vazmin, har qanday sharoitda ham o‘zini tutib turadi.
                        Gazetadan