1.  Oqibatini o‘ylamay ish qiladigan, yengil tabiat.
                Yengiltak kishi.
                    ▬
                                        Mehnatkash xotin o‘zini ishga urdi, yengiltak O‘rinboy esa alamiga chidolmay, ichib kela boshladi.
                        S. Nurov, Yangicha to‘ylar muborak
                        
            
            
                2.  Odobsiz, axloqsiz, suyug‘oyoq.
                
                                        U [Fuod afandi] Hoji xola singari yengiltak qiz-juvonlarni axtarar edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        O‘z umrini xazon qilgan, bir yengiltak ayolni xotinidan afzal ko‘rgan bu yigit kim o‘zi?
                        Gazetadan