1.  Narsalarning kuzatuvchiga qaragan qismi; pesh, yuz.
                Binoning oldiga shiorlar osilgan. Ko‘ylakning oldi uzunroq bo‘libdi.
                    ▬
                                        Ot old oyoqlarini irg‘itib sapchidi-da, shamoldek uchib ketdi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
            
            
                2.  Narsalarning ilgari tomonidagi yoki qismidagi joy, o‘rin.
                Uyning oldini supurib, joy qilmoq.
                    ▬
                                        Mastonga aravaning oldidan joy berishdi.
                        A. Qahhor, Maston
                        
            
            
                3. (3-shaxs birlik shaklda) da) Biror ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilardan oldin bo‘ladigan, ro‘y beradigan, o‘tkaziladigan.
                Bayram oldi musobaqasi. Saylov oldi kampaniyasi.
                                    
                    
            
            
                4.  3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (oldida, oldidan).